Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gepatit C ga qarshi preparatning 18-partiyasi “Sofosbuvir-400 mg” 5600 o‘ramda Misrdan Toshkentga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko‘ra, dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Ulardan mazkur tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar bepul foydalanadi.

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga hozirgacha yetkazib berilgan 800 ming dona ushbu dori vositasi 133 ming bemorning davolanishiga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur gumanitar aksiya O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 20—21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam gepatit bilan kasallangan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat hisobidan davolashga yordam beradi.

Ushbu dori vositalarini yetkazib berish 29-aprel kuni boshlangandi. 4-noyabr kuni dorilarning 17-partiyasi yetkazib berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »