Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudda doridan zaharlangan bemor bolalar ahvoliga e’tiborsiz bo‘lgan hamda vazifasiga nisbatan sovuqqonlik qilgan shifokorlarga qarshi jinoyat ishi ochish so‘raldi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Mazkur iltimosnoma “Dok-1 Maks” siropi ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan xorijlik tadbirkorning O‘zbekistondagi dileri, sudlanuvchi “Quramax Medical” MCHJ direktori S.R.P.ning advokati Davron Ahmadov tomonidan kiritildi. 

Davron Ahmadov.
Foto: Videodan kadr
Hozir Navoiydan kelgan jabrlanuvchini eshitdik, bundan tashqari beshta sud majlisidan beri boshqa sudlanuvchilarni ham eshityapmiz. Shularni inobatga olib, tibbiyot xodimlarining harakatsizligi, bemorlarni ojiz ahvolda qoldirganligi va mansabiga sovuqqonlik bilan yondashgani ko‘plab bolalar o‘limiga olib kelingani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida tergov organiga ma’lumot berishingizni va xususiy ajrim chiqarishingizni so‘rayman, — dedi advokat Davron Ahmadov. 

Advokatning mazkur iltimosnomasi bir nechta hamkasblari va sudlanuvchilarning ayrimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Davlat ayblovchisi esa bu iltimosnomani rad etishni so‘radi. Hamda advokatning o‘zida ham bunday vakolat borligini eslatdi. 

Foto: Videodan kadr
Sud ishi ko‘rilishi jarayonida boshqa shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomati borligi aniqlangan taqdirda sud ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish jarayonida bu masalani maslahat uyida hal qiladi deb belgilangan. Shu sabab hozir iltimosnomani qabul qilib, jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shdik. Va iltimosnoma bo‘yicha sud yakuniy qaror qabul qilayotgan vaqtda iltimosnoma vajlarini muhokama qilishini ma’lum qilamiz, — dedi “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’atiga raislik qilayotgan Muso Yusupov. 

Sudya Muso Yusupov jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari orqali bemor bolalarga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilib, boshqa bo‘limga yotqizib qo‘yilgan holatlarni ham bilganini ma’lum qildi. 

Muso Yusupov. 
Foto: Videodan kadr
Faqat to‘g‘ri qabul qilasiz, hozirdan qaror qabul qilib, oldindan xulosa chiqarishga qonun yo‘l qo‘ymaydi. Bunga vakolatimiz yo‘q. Shu sabab iltimosnomani ish hujjatlariga qo‘shib qo‘ydik, — dedi sud ishiga raislik etuvchi sudya. 

Eslatib o‘tamiz, sudya Muso Yusupov tilga olgan holat Surxondaryo viloyatida sodir etilgan bo‘lib, viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanidaAmbronol” siropidan zaharlangan bolaga shifokorlar tomonidan gepatit tashxisi qo‘yilib, noto‘g‘ri davolangan. Noto‘g‘ri tashxis orqali gepatitga qarshi davolangan bemor bola 2022-yil 21-dekabrdan boshlab Toshkent shahridagi 16-shifoxonada ham davolangan. Kasallikka qarshi besh oy kurashgan go‘dak 2023-yilning 25-aprel kuni vafot etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »