Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat respublika jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqda Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov xabar berdi.

Foto: Telegram

Magomed Daudov o‘zining Telegram kanalida Axmat Qodirov bilan tushgan suratini joylab, unga quyidagicha izoh qoldirdi: 

“Mening qadrli jiyanim yoshlar bilan bog‘liq masalalarga juda sezgir. Ishonchim komilki, u zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yuqori saviyada uddalaydi”.

Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li “Birinchilar harakati” bolalar va yoshlarning Butunrossiya jamoat-davlat harakatining Chechen viloyati bo‘limi kengashi raisi lavozimini boshqarayotgandi. Axmat Qodirov “aralash yakkakurashlar va boks bo‘yicha bir nechta turnirlarda g‘olib chiqqan” sportchi, deb yozadi Daudov.

  • So‘nggi paytlarda xabarlarda Ramzan Qodirovning yana bir o‘g‘li Adam ko‘p tilga olindi, u Qur’onni yoqish tufayli dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilganlikda ayblanib hibsga olingan Nikita Juravelni kaltaklagandi. Adam Qodirov “Checheniston Qahramoni” unvonini olgan, Tatariston va Qorachoy-Cherkesiya hukumati uni ordenlar bilan taqdirlagan.
  • Oktyabr oyida Qodirovning to‘ng‘ich qizi Aishat Checheniston bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallashi ma’lum qilingandi. 2021-yil kuzidan buyon respublika madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ayshat “Checheniston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan. Checheniston rahbarining yana bir qizi Xadijat Grozniy meriyasining maktabgacha ta’lim bo‘limiga rahbarlik qiladi. Oktyabr oyida Xadijat “Xizmat ko‘rsatgan ijtimoiy xodim” unvonini olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »