Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Titanik” kemasining birinchi klass yo‘lovchilari uchun kechki ovqat menyusi nusxasi Buyuk Britaniyadagi Henry Aldridge va Son kimoshdi savdosida 84 ming funt sterlingga (taxminan 102,769 dollar) sotildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

The Titanic leaves Southampton on her maiden voyage. Pic: AP

Menyuda 1912-yil 11-aprel sanasi aks etgan. O‘sha kuni kechki ovqatga laynerdagi yo‘lovchilarga ustritsa, mol go‘shti, qo‘zichoq va o‘rdak go‘shti berilgan. Sotilgan menyuda suv belgilari bor. Nusxa tarixchi Len Stivensonning 1960-yillardagi fotoalbomida topilgan. Unga menyuni tirik qolgan yo‘lovchilardan biri bergan bo‘lishi mumkin.

“Titanik” 1912-yil 15-aprelga o‘tar kechasi aysbergga urilganidan keyin cho‘kib ketgan.

Menyuning o‘lchami 6,25x4,25 dyuym (taxminan 16x11 sm) va “Titanik”ni qurgan White Star Line kompaniyasining qizil bayrog‘i bilan bezatilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 60 ming funt sterling etib belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »