Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Izboskan ko‘mir ombori masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 1007,9 tonna ko‘mirni 303 so‘mdan sotilgani to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Xuddi shunday, departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Paxtaobod ko‘mir ombori masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 873,2 tonna ko‘mirni 303 so‘mdan sotilgani to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shu kabi, departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Baxt ko‘mir ombori masʼul shaxslari va boshqalar hududdagi 7 ta mahallada yashovchi aholiga imtiyozli narxda ko‘mir sotilgani to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritib, 464,6 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijonning Andijon, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlarida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »