Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgani aytilayotgan 65 nafar bolaning qabri ochilmaydigan bo‘ldi. Sud hay’ati advokat Davron Ahmadovning bu haqdagi iltimosnomasini rad etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya Muso Yusupov aytdi. 
Sudda so‘z olgan jabrlanuvchilardan biri Mushtariy Abdurahmonova bolalarning qabri ochilishiga norozi ekanini aytdi. 

Mening bolam o‘ldi va hozir qabrda yotibdi. Qabr ochiladi degan gaplar bo‘ldi. Ochilishi shartmasligiga hammaning ko‘zi yetib turibdi. Chunki tirik qolgan bolalar organizmida ekspertiza o‘tkazishning o‘zi ham bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi? Qabrni ochishning umuman keragi yo‘q. Men shunga qarshilik bildiraman, — dedi jabrlanuvchi Mushtariy Abdurahmonova.
Mushtariy Abdurahmonova.
Foto: “Daryo”

Jabrlanuvchining aytishicha, bolasi vafot etgach, uning jasadi ekspertiza qilingan. Takroran marhum bolasining qabri ochilishiga norozi.

Bolam vafot etgach, jasadini qo‘limizga berishganida morgga ekspertiza uchun so‘rashgandi. Yo‘q deganimda, sizning bu qaroringiz ertaga qabr ochilishiga olib kelishi mumkin deyishganida, ekspertiza uchun rozilik berganman. Bo‘lmasa o‘sha paytda ham bolamni qiynab, ekspertiza qilishlariga ruxsat bermasdim, — dedi jabrlanuvchi.

Jabrlanuvchining bu gaplariga javob qaytargan sudya Muso Yusupov advokatning vafot etgan bolalar qabrini ochish haqidagi iltimosnomasi rad etilganini aytdi. 

Bu iltimosnoma rad qilindi va boshqa bu mazmunda iltimosnoma bo‘lmadi, — dedi sudya. 

Sudya jabrlanuvchiga yuzlanib, sudlanuvchilarga qanday da’vosi borligini so‘radi.

Aybdorni topib, qonunan qaror qabul qilishingizni so‘rayman. Bularga bir umrlik qamoq jazosi ham kam, — dedi jabrlanuvchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »