Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hisobot berdi. Unga deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq voqeadan keyin masʼullarga nisbatan siyosiy javobgarlik belgilanishi va vazirlik qanday xulosa qilganligi haqida so‘radi.

“Ezgu niyatlar, ajratilayotgan mablag‘larga qaramay, afsuski, tizimdagi qo‘pol, o‘ta qo‘pol xatoliklar tufayli o‘nlab insonlarning, bolalarning hayotiga zomin bo‘ladigan holatlarga guvoh bo‘ldik.

Tizimdagi bitta korrupsiya — dorini tegishli tartibda seritifikatsiya qilmaslik oqibatida 65 oila farzandidan judo bo‘ldi. Prezidentimizga rahmat, buni tanqid qildilar va “Har bitta odam, bunga kim aloqador bo‘lsa qonun oldida javob beradi”, dedilar va biz buni bugun ko‘rib turibmiz.

Shaffoflik tufayli sud jarayoni ochiq o‘tkazilmoqda. Har bitta aybdor, jinoyatga sherik bo‘lganlar qonun oldida javob bermoqda. Biz buni olqishlaymiz. Lekin sudni kuzatish jarayonida, jabrdiyda ota-onalarning g‘amini, qayg‘usini ko‘rib o‘zim ham yig‘ladim. Negaki mening ham ikki nafar farzandim aynan mana shu yoshda. Vafot etgan bolalarning bittasi meni ham farzandim bo‘lishi mumkin edi.

Odamni vijdoni qiynalyapti, deputat sifatida o‘z vaqtida nazoratni to‘g‘ri qilmay, eʼtiborni boshqa tomonga qaratganimiz uchun va tizimdagi qo‘pol xatolik tufayli 65 nafar bola vafot etdi.

Eng achinarlisi, tizimdagi xodimlarning ko‘rsatmalaridan maʼlum bo‘lyaptiki, pastdagi maʼlumotni o‘z vaqtida yuqoriga yetkazmaslik oqibatida bolalarni saqlab qolishning imkoni boy berilgan. Ming afsuski, vazirlik tomonidan bu ishlar uchun siyosiy javobgarlik tan olingani yo‘q. Tegishli mansabdorlarga nisbatan javobgarlikni ko‘rmayapmiz.

O‘tgan ishdan keyin vazirlik qanday xulosa chiqardi? Bizga shu kabi qo‘pol xato qayta takrorlanmasligiga vaʼda bera olasizlarmi? Yuqoridagi xatoni yetkazmoqchi bo‘lgan pastki tizimdagi xodimning jazolanmasligiga, bo‘layotgan hodisalar haqida axborot birinchi rahbarga o‘z vaqtida yetib borishi va unga o‘z vaqtida chora ko‘rilishiga vaʼda bera olasizlarmi yoki bu holat yana davom etaveradimi?”, — dedi Doniyor G‘aniyev.

Bunga javoban vazir Amrillo Inoyatov deputatning eʼtirozlarini 100 foiz qabul qilishi va biror bahona qilishga asosi yo‘qligini aytib o‘tdi.

Amrillo Inoyatov 
Foto: “Daryo”

“Shu yilning 1-yanvaridan boshlab bitta ham bunday o‘lim bo‘lgani yo‘q. Chunki, o‘tkir ichak kasalligidan yoki virusdan keyin kelib chiqadigan o‘tkir buyrak yetishmovchili kasalligini davolash imkoniyatimiz va yetarlicha tajribamiz ham bor.

Bu holat bo‘yicha juda katta xulosa qilganmiz. Shaxsan men birinchi o‘rinbosar sifatida kech eshitganman bu meni ham katta xatom bo‘ladi.

Bundan buyog‘iga bunday holatlar bo‘lmasligiga shaxsan vazir sifatida bo‘ynimga olib, butun tizimimiz bilan birgalikda bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashamiz. Bunday holatga yo‘l qo‘yishga haqimiz yo‘q. Tan olib aytaman bu bizning kech bilganimiz va xatomiz”, — dedi Amrillo Inoyatov.

Sud ishida vazirga “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lishidan avval bolalarda buyrak yetishmovchiligi kuzatilgani haqidagi ma’lumot berilgani, ammo vazirgacha yetib bormagani aytilgan. Sudda ushbu holatga javob qaytargan vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova guvohning bu gapini inkor qilgandi.

Advokatlardan biri “Dok-1 Maks” sudida siropdan zaharlangan bemor bolalar ahvoliga e’tiborsiz bo‘lgan shifokorlarga qarshi jinoiy ish ochishni so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »