Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Zarbdor ko‘mir ombori mudiri B.B. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 2 346 tonna ko‘mirni go‘yoki tumandagi 851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijonning Andijon, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlarida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »