Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts sayyorani qutqarish bahonasida AQSHda oziq-ovqat ishlab chiqarishni monopoliyaga aylantirmoqda, deydi tadqiqotchi jurnalist Simus Bruner.

Bruner o‘zining “Kontroligarxlar” kitobida Geyts atrof-muhitni himoya qilish niqobi ostida Amerika qishloq xo‘jaligi yerlarini qanday sotib olgani va o‘g‘itlar, sun’iy go‘sht va sut mahsulotlariga sarmoya kiritganligi haqida so‘z yuritadi.

Foto: AP

“Avval urug‘lar va o‘g‘itlar patentlandi, endi esa ular go‘shtning muqobil turlarini patentlashmoqda.

Chorvachilikni taqiqlash muqobil oqsil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga monopoliya imkonini beradi va Bill Geyts, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va hatto BlackRock kabi investorlarga foyda keltiradi. Sun’iy go‘sht sayyorani qutqarishga emas, oziq-ovqat bozorini nazorat qilishga yordam beradi”, — deya jurnalistning so‘zlarini keltiradi Fox News telekanali.

“Kontroligarxlar”da taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Geyts Rokfellerlar oilasi tomonidan boshlangan oziq-ovqat tizimini egallashni davom ettirmoqda.

2021-yilda Bill Geyts o‘rta va yuqori daromadli mamlakatlar fuqarolari faqat 100 foiz sun’iy go‘shtni iste’mol qilishlari kerakligini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘simlik asosidagi go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish orqali boy davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi global kurashda yordam berishi mumkin. Chunki tabiiy go‘sht olinadigan chorva mollarini saqlash havoga katta miqdordagi metan gazlari chiqishiga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »