Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligi 14-noyabrga o‘tar kechasi “navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari” Ukraina tomonidan uchirilgan to‘rtta uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatini urib tushirganini ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, dronlar Moskva, Tambov, Bryansk va Orlov viloyatlarida yo‘q qilingan. Mamlakat Mudofaa vazirligi xabarida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Telegram’dagi Baza kanalining yozishicha, Bryansk viloyatida urib tushirilgan dron kimyo zavodi hududiga qulagan. Portlovchi vositalar o‘rnatilgan samolyot tipidagi uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari “Selso” posyolkasidagi qurilayotgan “SSSRning 50 yilligi nomidagi Bryansk kimyo zavodi”ning yangi qurilayotgan sexidan topilgan. Droning qulashi oqibatida hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.

Rossiya qo‘shinlari 10-noyabr kechasi Ukraina hududiga oltita Shahed-136/131 kamikadezde dronlarini, shuningdek, X-31 va X-59 boshqariluvchan aviatsiya raketalari bilan hujum uyushtirgandi. Uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari Krasnodar o‘lkasi, raketalar esa Xerson viloyatining egallab olingan hududidan uchirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »