Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi uchun 2024-yil hal qiluvchi bo‘ladi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

Foto: DW

Vashingtondagi Gudzon institutida so‘zlagan nutqida u AQSHni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishga va kelayotgan qish oldidan mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashga ko‘maklashish uchun Kiyevga ko‘proq qurol-aslaha berishga chaqirdi. “Urushdagi burilish nuqtasi yaqinlashmoqda”, — deya hisoblaydi Yermak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi oldinga siljimoqda va Ukraina qo‘shinlari yaqin vaqtgacha Rossiya qo‘shinlari tomonidan to‘liq nazorat qilingan Dnepr chap qirg‘og‘ida mustahkam o‘rnashib olgan.

Bloomberg agentligi Gudzon institutidagi nutq va muhokamalar chog‘ida Yermak avvalroq Economist bilan intervyuda “boshi berk holat” haqida e’lon qilgan Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga qaraganda urush haqida ancha optimistik fikr bildirganini ta’kidlamoqda. Yermak AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyadan milliy xavfsizlik maslahatchilari bilan uchrashib, ulardan yordam so‘rashini aytgan. 

Vashingtonga tashrifi chog‘ida Andrey Yermak AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar o‘tkazgan. Blinken uchrashuv chog‘ida Kiyevga qishda Rossiyaning mamlakat fuqarolik infratuzilmasini ehtimoliy o‘qqa tutishiga qarshi turishda yordam taqdim etilishi to‘g‘risida va’da bergan.

Avvalroq Kiyev G‘arb davlatlari tomonidan va’da qilingan qurollarni to‘liq hajmda olmagani, aslida, Ukrainaga jangovar harakatlarni davom ettirish uchun bir necha barobar ko‘proq qurol-yarog‘ kerakligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »