Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi o‘zgalar nomiga kredit ajratishga erishib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Qumqo‘rg‘on tumani “To‘da” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi lavozimida 2022-yil 11-yanvardan ishlab kelgan U.T. tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullangan. U o‘tgan yilning mart oyida o‘zi taʼsischiligida tashkil etgan Volunteer team MCHJni 2023-yil 20-sentyabrga qadar boshqarib kelgan.

Aniqlanishicha, U.T. taʼminotchi sifatida fuqaro M.E. va boshqalarni aldab, ularning elektron imzolarini qo‘lga kiritgan. Imzolar yordami fuqarolar nomiga issiqxona faoliyati tashkil etish uchun to‘rt marotaba 33 million so‘mdan jami 132 million so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu pullarni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tushirgan va o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 9-noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan U.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qumqo‘rg‘on tumani IIB xuzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Maʼlumot uchun, U.T. 2023-yil 31-oktyabrdan egallab turgan hokim yordamchisi lavozimidan ozod qilingan.

Avvalroq Buxoro shahri “Abu Ali ibn Sino” MFY hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Yangiyo‘l tumani hokimi mahallalardagi 6 nafar yordamchisini jazolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »