Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 250 million so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirilgan.

Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 million 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bundan oldin Navoiy viloyati IIB TQX JQB, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan 400 million so‘m soxta pullar 160 million so‘m haqiqiy pullarga almashtirilayotgan paytda qo‘lga olingandi. Aprel boshlarida esa Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

2022-yil noyabrida Namangan viloyatida qalbaki 8 300 dollarni muomalaga kiritishga uringan shaxs ushlangan edi. Dekabrda esa Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »