Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevrokomissiya bilan birgalikda 15-noyabr kuni Ukrainaga nisbatan bosqinchilik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi bo‘yicha takliflarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Foto: Pxhere
“Biz sanksiyalarning 12-paketi ustidagi ishlarni nihoyasiga yetkazmoqdamiz. Ushbu choralarning bir qismi shaxsiy sanksiyalar, ikkinchi qismi — iqtisodiy va tarmoq sanksiyalardir. Chorshanba kuni komissiya bilan birgalikda men o‘z takliflarimni kengashga taqdim etaman”, — deydi Borrel matbuot anjumanida. 

Bundan tashqari, u taklif etilayotgan sanksiyalar “ro‘yxatga qo‘shimcha shaxslarni qo‘shish, Rossiya eksportiga yangi taqiqlar, jumladan, olmos sotib olishni taqiqlash, Rossiya nefti narxining yuqori chegarasiga rioya qilishni kuchaytirish bo‘yicha harakatlar, shuningdek, sanksiyalardan qochishga qarshi kurash choralari”ni qamrab olishini aytdi.

Avvalroq Bloomberg agentligi Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kimyoviy moddalar va texnologiyalar eksportini taqiqlashni kiritayotgani ma’lum qilgandi. Bu kabi choralar Rossiya bilan taxminan 5 milliard yevrolik savdolarga ta’sir ko‘rsatadi.

Yevropa Ittifoqi avvalgi sanksiyalar paketini 2023-yil iyun oyida qabul qilgan edi. O‘shanda Rossiyaning axborot xavfsizligi sohasidagi eng yirik kompaniyalaridan biri Positive Technologies sanksiyalar ostida qolgandi. Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlarida ish boshlagan “Zvezda” teleradiokompaniyasi, Xalqaro hisob-kitob banki va TsMRBank ham sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »