Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari Rossiyada haydovchi, sotuvchi va kuryer bo‘lib ishlamasligi kerakligini aytdi. Bu haqda “Vzglyad.ru” xabar berdi.

“TASS”

Tolstoy Federatsiya Kengashidagi tinglovda postsovet hududidagi mamlakatlarda rus tilini o‘qitish masalasini ko‘tarib, respublikalarda ingliz tilini o‘rganishga ustunlik berilayotgani, rus tilini milliy tillar bilan siqib chiqarishga harakat qilinayotganini aytdi.

U xorijliklarning Rossiyada xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashini taqiqlash orqali bu holatga qonunchilik ta’sirini o‘tkazish mumkinligini bildirdi.

 “Agar rus tili davlat tili bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari bizning jamoat joylarida — haydovchi, sotuvchi, kuryer bo‘lib ishlamasligi kerak. Bunday chora-tadbirlar asta-sekin vaziyatni to‘g‘rilaydi”, — dedi u.

Tolstoyning ta’kidlashicha, “yumshoq kuchning bir qismi ma’lum narsalarga qo‘yilishi kerak bo‘lgan cheklovlardir”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »