Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ko‘mir taʼminot” MCHJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs mazkur korxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan shuncha pul talab qilgan.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur rahbar so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, 1964 va 1982-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatida joylashgan qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni joriy taʼmirlash  uchun hukumat qarorlari asosida byudjet mablag‘lari ajratilishini aytib, o‘zlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 34 milliard so‘mlik pudrat shartnomasini tadbirkorga tegishli MCHJga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib berishni vaʼda qilgan. Keyinchalik esa mazkur pudrat shartnomasi qiymatidan 8 foizini ulush sifatida berishini talab qilgan.

Hozirda ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »