Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Piskent tumanida kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Toshkent viloyati filiali rahbari S.I., ombori mudiri F.X. va boshqalar 2023—2024-yilgi kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 794,2 tonna ko‘mirni Piskent tumani aholisiga yetkazib bermasdan, qalbaki yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijonning Andijon, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlarida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »