Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

EF (Education First) kompaniyasi tomonidan tuzilgan ingliz tilini bilish darajasi indeksida O‘zbekiston 113 ta o‘rindan 93-o‘rinni egalladi. Dunyo bo‘ylab 2,2 million ishtirokchini qamrab olgan tadqiqot 2023-yilda o‘tkazilgan EF Standard English Test bepul onlayn til testi natijalariga asoslangan.

Foto: “Daryo”

E’tiborlisi, O‘zbekiston 2022-yilgi reytingga nisbatan to‘rt pog‘onaga pastlagan. Hisobotda tillarni bilish darajasi Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ayniqsa pastligi, eng past ko‘rsatkich respublikaning qolgan barcha viloyat va shaharlarida ham qayd etilgani ta’kidlangan.

“Markaziy Osiyoda ingliz tilini bilish darajasi past va barqaror, deyarli barcha mamlakatlarda erkaklar foydasiga gender farqi o‘rtachadan yuqori”, — deb xulosa qilinadi hisobotda.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi o‘rinlarni egallagan:

  • Qirg‘iziston 90-o‘rin;
  • Qozog‘iston 104-o‘rin;.
  • Tojikiston 112-o‘rin.

Turkmaniston esa ro‘yxatda aks etmagan. Afg‘oniston reytingi Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan yaxshiroq bo‘lib, 88-o‘rinni tashkil qilgan. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qirg‘iziston va Afg‘onistonda ijobiy, boshqa davlatlarda esa salbiy tendensiya kuzatilgan.

Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha yetakchilik qilgan davlatlar qatoriga Niderlandiya, Singapur va Avstriya joy olgan. Ro‘yxatni Kongo Demokratik Respublikasi yakunlab, eng past o‘rinni egallagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »