Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishning boshlanishi Rossiya gaz transporti tizimidagi gaz oqimlarini qayta sozlashni, shuningdek, mamlakatdagi yerosti gaz saqlash tizimi yukini o‘zgartirishni talab qildi. Bu haqda “Gazprom PXG” MCHJ bosh direktori Igor Safonovga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Newshub

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabrdan O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali Rossiyadan gaz importini boshlangan edi. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Safonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yetkazib berishning boshlanishini hisobga olgan holda, “Volgabo‘yi va Orenburg viloyatidagi yerosti gaz omborlariga yukning oshishi kutilmoqda”. Shu bilan birga, Kaluga, Saratov viloyatlari, Boshqirdiston va Udmurtiyadagi bir qator gaz inshootlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

“Udmurtiyadagi zaxira majmuasi — yer osti gazlarini saqlash sanoatidagi asosiy loyihalardan biridir. Uning rivojlanishi yagona texnologik majmuaga birlashtirilgan to‘rtta alohida geologik tuzilmalarda gaz omborlarini yaratishni o‘z ichiga oladi”, — deydi Safonov.

Bundan tashqari, “Gazprom transgaz Yekaterinburg” gaz transport kompaniyasining gaz tashish quvvatlari qisman eksportga yo‘naltiriladi, Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlari ehtiyojlarini qondirish bilan asosan “Gazprom Transgaz Surgut” shug‘ullanadi.

“Bu yil qishda biz Urengoy—Chelyabinsk yo‘lagi bo‘ylab yonilg‘i taʼminotini ko‘paytirishimiz kerak. Bu quvurga yuk ortishiga sabab nafaqat O‘zbekistonga gaz eksporti, balki yonilg‘i sarfini ko‘proq isteʼmol qila boshlagan Ural viloyatining iqtisodiy rivojlanish o‘sishidir”, — deydi Safonov.

Iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangandi. Unda ko‘ra, gaz oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma UzGastrade AJ va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasida 2 yil muddatga tuzilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »