Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy O‘zbekistonda migrantlar daromadiga rus tilidagi maktablarni qurishga chaqirdi. Bu haqda  “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Rossiya Davlat dumasi matbuot xizmati

Tolstoyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv holatda qolmasligi uchun rus tili sobiq ittifoq respublikalarining barcha hududlarida millatlararo muloqot tiliga aylanishi kerak. 

“Rus tili barcha sobiq ittifoq respublikalari hududida millatlararo muloqot tili bo‘lishi kerak. Afsuski, bugungi kunda Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv pozitsiyada”, — dedi Tolstoy.

U sobiq SSSR respublikalari mamlakatlarida rus maktablari tizimini rivojlantirish ham muhimligi, chunki bugungi kunda rus tili millatlararo muloqot tili sifatida faqat Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qo‘llanilishini aytdi. 

“Ammo Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa davlatlarda esa yo‘q. U yerda rus tilidagi maktablarini qurish, 90-yillarda ‘o‘ldirilgan’ sovet integratsiya tizimini rivojlantirishda bizning hisobimizdan emas, yuqoridagi davlatlar hisobidan mustaqil ravishda, ularning fuqarolari Rossiyada ishlash vaqtida o‘z vatanlariga yuboradigan daromadlar hisobiga amalga oshirishni taklif qilaman”, — deya xulosa qildi parlament a’zosi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »