Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya poytaxti Parijda 24-25-aprel kunlari Turkmaniston energetika sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari — “Turkmangaz”, “Turkmanneft” konserni va “Turkmengeologiya” davlat korporatsiyasi ma’lum qildi. 

Tadbirdan maqsad Turkmaniston energetika sanoatining barcha sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir. Forum davomida neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Kaspiy dengizi milliy sektorining neft va gaz resurslarini o‘zlashtirish uchun xorijiy investorlar taklif qilinmoqda. Kun tartibidan energetika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish, yirik Galkinish gaz konini o‘zlashtirish va mahalliy iqtisodiyotni yashil energiyaga o‘tkazish masalalari ham bor.

Turkmaniston tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda Rossiya, Eron va Qatardan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Xitoy Turkmaniston tabiiy gazining eng yirik xaridori bo‘lib, uni Ozarbayjon, Rossiya va O‘zbekiston ham sotib oladi.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »