Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hisobot berib, “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘xtalib o‘tdi.

“Dok-1 Maks” bilan bog‘liq sud ishida vazirga voqealar sodir bo‘lishidan avval bolalarda buyrak yetishmovchiligi kuzatilgani haqidagi ma’lumot berilgani, ammo vazirgacha yetib bormagani aytilgan. Sudda ushbu holatga javob qaytargan vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova guvohning bu gapini inkor qilgandi.

Amrillo Inoyatov
Foto: “Daryo”

“O‘sha vaqtda men vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lganman. Birinchi o‘rinbosar bo‘la turib, xabarni kech eshitganman. Buni ochiq tan olib aytyapman.

O‘tgan yilning 23—24-dekabr kunlari voqeani eshitib, darhol shug‘ullanganman. 2023-yilning 10-yanvariga qadar 17 ming nafar hamshira va brigadalarimiz xonadonma-xonadon yurib, sirop va preparatlarni yig‘ib oldi.

O‘sha vaqtda prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari ham ushbu masalada ish boshlagan edi. Idora xodimlari barcha dorixonalarni inventarizatsiya qilib, siroplarni yig‘ishtirib oldi, biz esa xonadonlardan yig‘dik. Holat bittada to‘xtatildi”, — dedi Amrillo Inoyatov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 100 nafarga yaqin bolani hududlardan yig‘ib olib kelib, Bolalar milliy markaziga va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan.

“Samarqand viloyatidagi bosh shifokor masalani ko‘tarib, bu preparatdan ekani haqidagi axborot bizga yetib kelgunga qadar shifokorlarimiz boshqa kasallik bo‘yicha tashxis qo‘yib ishlashgan.

Odatda bolalarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi gripp va o‘tkir ichak kasalliklarini asorati sifatida keladi. Bemor bolalar shunga mos ravishda protokol bo‘yicha davolagan. Shifokorlarimiz preparatdan zaharlanish bo‘lganini bilmagan. Agar bilganida yondashuv mutlaqo boshqacha bo‘lib, har bir bolani hayotini saqlab qolish mumkin edi”, — dedi sog‘liqni saqlash vaziri.

Palata majlisida deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” voqeasidan keyin siyosiy javobgarlik ko‘rmayotganini aytgan edi. Bunga javoban vazir Amrillo Inoyatov deputatning eʼtirozlarini 100 foiz qabul qilishi va biror bahona qilishga asosi yo‘qligini bildirgan.

Avvalroq “Bolalarga yod dozadan ortiq berilgan” — Amrillo Inoyatov “Antistrumin” voqeasi yuzasidan izoh bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »