Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi ekani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudda 33 ming dollar oldi-berdisida ishtirokchi bo‘lgan sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish so‘raldi. Bu haqda “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Mazkur iltimosnoma sudlanuvchi J.E.ning advokati Normurod Sobirov tomonidan kiritildi. Va advokatning bir necha hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prokuror esa buni rad etishni so‘radi. Sudlov hay’ati iltimosnomani rad etish bo‘yicha ajrim chiqardi. 

Jinoyat ishi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmatining xati bizda rasmiy kirim bo‘lgan. Bu haqda so‘rov berib, nima bo‘ldi ekan deb masalani ko‘tarishni o‘yladim. Ammo hozircha tinch turgan holatni qo‘zg‘ab qo‘yamanmi degan fikr ham o‘tdi. Iltimosnoma kiritib, yaxshilik qilish o‘rniga yomonlik qilib qo‘ymaylik degan o‘y bo‘ldi. Sudlanuvchi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanyapti. Shuning uchun biz sudlanuvchi J.E.ga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirishga vaqtli degan fikrga keldik. Mazkur sud ishimiz yakuniga kelib, bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yoki qo‘zg‘atilmagani aniqlansa, biror bir to‘xtamga kelamiz, — dedi sudya Muso Yusupov iltimosnomani rad etganiga izoh berar ekan. 

Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudning 2023-yil 22-sentyabr kuni davom etgan majlisida 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olingandi. Sudya Muso Yusupov buni jamoatchilik va advokatlarga noma’lum bo‘lgan murojaatchining DXX raisiga shikoyat qilib, J.E.ning sudda uning foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rsatma berishga undagani yozilgan arizasi sabab bo‘lganini aytgandi.

33 ming porani hindistonlik tadbirkordan olgan sudlanuvchi J.E. pullarni “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazganini bildirgandi. Sudlanuvchi Sh.Sh. esa bu pullarni olmaganini, ko‘rmaganini aytdi. Sudning 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi maqomiga ega bo‘lib turgan S.K. 33 ming dollar unga o‘rinbosar sifatida, keyinchalik agentlik rahbari sifatida ishlagan Ulug‘bek Egamovga yetib borganini aytdi. Va Ulug‘bek Egamovga nisbatan ham jinoiy ish ochilishini so‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »