Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Uralsk shahrida ikki nafar o‘zbekistonlik o‘g‘irlangan avtomobilda yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston IIV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 13-noyabr kuni kechasi politsiyachilarni Volkswagen Passat avtomobili shubha uyg‘otgan. Ular haydovchiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatganida mashina buyruqqa bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va oqibatda Abdolov ko‘chasidagi uylardan birining panjarasiga borib urilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, mashina ichida ikki kishi bo‘lgan — ular O‘zbekiston fuqarolaridir. 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro mast holatda bo‘lgan. Buning ustiga surishtiruv davomida avtomobil o‘g‘irlangani ham aniqlangan.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan hozirda sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Mamlakat qonunchiligiga muvofiq, bunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Avgust oxirlarida Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi fura yengil avtomobil bilan to‘qnashgandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, bir kishi esa kasalxonaga yotqizilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »