Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov islom dinini mustahkamlash va uning qadriyatlarini himoya qilishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

Foto: Checheniston rahbarining matbuot xizmati

Sentyabr o‘rtalarida 15 yoshli Adam Qodirov Qur’onni yoqib, dindorlarning tuyg‘ularini haqoratlashda ayblanayotgan volgogradlik Nikita Juravelni Checheniston tergov izolyatorida kaltaklagani aks etgan video e’lon qilingandi. Ramzan Qodirov o‘g‘lining qilmishidan faxrlanishini aytgan. Shundan so‘ng davlat va huquq-tartibot idoralarining yuqori martabali vakillari, hukumatparast “huquq himoyachilari” videoga faqat izoh berdi (shunda ham hammasi emas). Biroq murojaatlarga qaramay, aslida nima bo‘lganini tergov qilish uchun hech qanday ish amalga oshrilmadi. 

4-oktyabr 

Baza nashri huquq-tartibot idoralari nihoyat Qodirov o‘g‘lining Juravelga hujumi bo‘yicha tergovni boshlagani va buni Grozniy politsiyasiga topshirgani haqida xabar berdi. Ammo,bir necha soat o‘tgach Grozniy politsiyasi Adam Qodirov 15 yoshga to‘lgani, ya’ni jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan boshqa hech qanday munosabat bildirilmadi.

6-oktyabr

Adam Qodirovga Checheniston Respublikasi Qahramoni unvoni berildi. Bu haqda xabar bergan Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov Qodirovning 15 yoshli o‘g‘lini “o‘ta qobiliyatli, har tomonlama bilimli va maqsadli yigitning yorqin namunasi” deb atadi.

15-oktyabr

Ramzan Qodirov yana o‘g‘lining Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qildi. Video Checheniston bayrog‘i fonida Adam Qodirovning surati va “Bo‘ri tuzoqqa tushib qolsa, qanday qilib qochish haqida emas, qanday qilib qasos olish haqida o‘ylaydi” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Video ostida Checheniston rahbari kichik Qodirovni “chechen xalqining tan olingan munosib o‘g‘loni” va “barcha musulmonlar qahramoni” deb atagan.

24-oktyabr

Tatariston rahbari Rustam Minnixonov Adam Qodirovni respublikaning ikkinchi muhim mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Kichik Qodirov “millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” taqdirlangani aytildi.

25-oktyabr

Qorachoy-Cherkesiya Respublikasi rahbari Rashid Temrezov Adam Qodirovni respublikaning oliy davlat mukofoti — “Qorachoy-Cherkesiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Ramzan Qodirovning o‘g‘li ushbu mukofotga “millatlararo va mintaqalararo birdamlikni rivojlantirish, an’anaviy islom qadriyatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun” sazovor bo‘lgan va Temrezov uni “kichik vatani va Rossiyaning haqiqiy vatanparvari” deb atadi.

4-noyabr

Adam Qodirov Checheniston rahbarining xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. “Hurmatli jiyanimning bunday lavozimga tayinlanishi mutlaqo adolatli. Adam Ramzonovich bolaligidanoq o‘zini munosib inson sifatida ko‘rsatdi, uning uchun or-nomus va qadr-qimmat tushunchalari birinchi o‘rinda turadi”, deb yozdi Delimxonov kichik Qodirov haqidagi yangi postida.

5-noyabr

Ramzon Qodirov Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi raisi, Qorachoy-Cherkesiya muftiysi Ismoil-Xoji Berdiyev o‘g‘li Adamni 1-darajali “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagani haqida xabar berdi.

7-noyabr

Adam Qodirov “Kabardin-Bolqor Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. “Ramzan Axmatovich prezidentimiz Vladimir Putin tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarni munosib bajarib, mamlakatimiz xavfsizligi va yaxlitligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda. Farzandlarini ham shunday ruhda tarbiyalayapti”, dedi viloyat rahbari Kazbek Koqov. U 15 yoshli Qodirov qanday xizmatlari uchun orden olganiga aniqlik kiritmagan. 

9-noyabr

Adam Qodirov va uning ikki akasi, 18 yoshli Axmat va 16 yoshli Eli Checheniston parlamentining eng oliy “Vatan sharafi” ordeni bilan taqdirlandi. Respublika ma’muriyati ular “yosh avlod uchun yorqin o‘rnak” ekanini ta’kidladi. 

Adam Qodirovning yutuqlari

Adam 15 yoshda. Delimxanovning so‘zlariga ko‘ra, kichkina Qodirov hofizi Qur’on hisoblanadi. Bundan tashqari u turli fanlarni yaxshi o‘qiydi, tarixga, til o‘rganish va adabiyotga qiziqadi. Taktik o‘q otish bo‘yicha 10-ochiq chempionatda u birinchilikni qo‘lga kiritgan.

Undan oldin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova bosh vazirning ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »