Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi maqomiga ega bo‘lib turgan S.K. sudda ochiqdagi hamkasbiga jinoyat ishi ochilishini so‘radi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Ulug‘bek Egamov
Foto: “Daryo”

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida 2023-yilning 20-fevralidan yaqin kunlargacha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Egamovni so‘roq qildi.

Ulug‘bek Egamov
Foto: Prezident matbuot xizmati

Sudlanuvchi sobiq rahbarning aytishicha, u “Dok-1 Maks” ishi avvalidagi tergovda unga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Ulug‘bek Egamovning barcha kirdikorlaridan xabar topgan. 

Sen zam bo‘lib kelganingdan keyin agentlikda barcha qilg‘iliqlar boshlangan ekan. Men buni tergov paytida bildim, shu paytgacha ko‘zim ko‘r bo‘lib, bilmay yurgan ekanman. Bu zam bo‘lib, yaxshi ishlayapti deb yurgan ekanman. Lekin seni deb, men hozir shu yerda o‘tiribman, — dedi sudlanuvchi S.K. ochiqdagi hamkasbi Ulug‘bek Egamovga murojaat qilar ekan. 

Sudlanuvchining aytishicha, tergov paytida u Hindistonning Kuraraks dorisini (33 ming dollar pora evaziga inspeksion tekshiruvdan olib tashlangan dori vositasi) inspeksion tekshiruvdan olib tashlash bo‘yicha agenlikdan topshiriq bo‘lgan. Bu ish esa S.K. nomidan Ulug‘bek Egamov topshirig‘iga ko‘ra qilingan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, sudlanuvchi S.K. sudga guvoh sifatida chaqirilgan Ulug‘bek Egamovga yuzlanib, “Kuraraks dorisini inspeksion tekshiruvdan olib tashlash bo‘yicha menga murojaat qilganmiding”, dedi. Guvoh Ulug‘bek Egamov savolga javoban bu bo‘yicha unga murojaat qilmaganini bildirdi. Shundan so‘ng sudlanuvchi guvohdan dorini inspeksion tekshiruvdan olib tashlash uchun olingan 33 ming dollarning qancha qismi unga tekkanini so‘radi. Guvoh bu pullarni ko‘rmaganini ma’lum qildi. 

Sen iflosni deb, 11 oydan beri mana shu yerda o‘tiribman. Sud binosidan chiqib ketayotganingda oila a’zolarimning ko‘ziga qarab o‘tib ketgin, — dedi sudlanuvchi S.K.

Sudlanuvchining guvohni iflos deb ataganiga e’tiroz bildirgan sudya buning uchun javobgarlik borligini eslatdi va sudlanuvchiga sud unga nisbatan chora ko‘rishiga majbur qilmaslikni so‘radi. Sudlanuvchi S.K. esa Ulug‘bek Egamovni iflos deb atagani uchun javobgarlikka tayyorligini aytib, guvohni yana bir bor iflos deb atadi. 

Sudda shuningdek, yana to‘rt nafar sobiq mansabdor sudlanuvchi Ulug‘bek Egamov agentlikka ishga o‘tgan kunidan boshlab, xodimlarga inspeksion tekshiruvga tushgan dorini tekshiruvdan olib tashla, qo‘y, qil, tezlashtir degan topshiriqlar ko‘payganini ma’lum qildi. Sudlanuvchilar, jumladan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K.ning aytishicha, Ulug‘bek Egamovga nisbatan ham jinoyat ishi ochilishi kerak. 

Sudning avvalgi majlislarida hindistonlik tadbirkor o‘ziga tegishli korxonaga inspeksion tekshiruv tushishining oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston hududiga “Dok-1 Maks” siropi kabi yana bir talabga javob bermaydigan Kuraraks dorisiga ruxsat olishga uringanini aytib, agentlikning sobiq xodimiga 33 ming dollar berganini tan olgandi. Sudlanuvchi S.K.ning sudda qo‘shimcha qilishicha, o‘sha 33 ming dollar Ulug‘bek Egamovga yetib borgan. Va u bu pullardan ulush ham olgan. Tergovda unga ma’lum bo‘lgani shu. Sir bo‘lib qolayotgan kirdikorlar ham bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »