Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qur’on oyatlari tilovat etilib, O‘zbekistonga tinchlik, xalqqa farovonlik tilab duo o‘qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Ulamolar bilan suhbatda bugun dunyoda turli nizo va urushlar bo‘layotgani, begunoh insonlar qoni to‘kilayotgani afsus bilan qayd etildi. Bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadrini yanada teran anglatib, insonda shukronalik ruhini uyg‘otadi. Bu ne’matlar ahamiyatini, Termiziy kabi bobolarimiz ilm-ma’rifatini yoshlarga yetkazish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu masalalar bo‘yicha Termizda ilmiy konferensiya o‘tkazish taklifi bildirildi.

Davlat rahbari Surxondaryo viloyatiga hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida keldi. Tashrif davomida iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi taʼminoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga eʼtibor qaratiladi.

Prezident ushbu viloyatga bundan avval mart oyining o‘rtalarida tashrif buyurgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev viloyatning Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida bo‘lgan, Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi qatnashgan edi. Shuningdek, Boysun—Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifati bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, o‘zi avtomobil haydab ko‘rgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »