Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloomberg Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarining 12-paketi tafsilotlarini oshkor qildi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, suyuq propan, quyma temir, mis va alyuminiy simlar, folga va quvurlar importiga nisbatan sanksiyalar joriy etish taklif qilinmoqda. Agar paket ma’qullansa, ro‘yxatga savdo aloqalari cheklangan 30 dan ortiq kompaniyalar, jumladan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Singapur firmalari va Rossiyaning bir qancha injiniring kompaniyalari kiradi.

Reuters’ning yozishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi doirasida 47 kishi va 72 yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar joriy etishni taklif qilmoqda. Ularning Yevroittifoqqa kirishi taqiqlanadi va Yevropadagi aktivlari muzlatiladi.

Shuningdek, Yevroittifoq Rossiya neftining barreliga 60 dollargacha yuqori narx belgilash choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »