Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston malayziyaliklar uchun o‘ziga xos yangi joy, chunki O‘zbekistonda yil 4 fasldan iborat bu malayziyaliklar uchun qiziq. Bu haqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lida turizm” yarmarkasida Malayziya elchixonasi Turizm departamenti direktori Nor Shazly Bin Azmi “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Fransiya, Yaponiya, Malayziya, Tailand, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va boshqa 30 dan ortiq davlatlarning turizm maʼmuriyatlari ishtirok etdi.

 
Nor Shazly Bin Azmi
 
Foto: “Daryo”

Nor Shazly Bin Azmining aytishicha, Malayziya turizm agentligining turizm bo‘limi har yili Toshkentda bo‘lib o‘tadigan turizm yarmarkasida muntazam qatnashib kelmoqda.

“Asosiy maqsadimiz — o‘zbekistonliklarni Malayziya turizm madaniyati bilan tanishtirish. Bugungi yarmarkada biz turizm yo‘nalishdagi 8 ta kompaniya bilan ishtirok etmoqdamiz.

O‘zbekiston malayziyaliklar uchun o‘ziga xos yangi joy. Boisi O‘zbekistonda yilning 4 faslini ko‘rish mumkin. Malayziyaliklar asosan bu yerga qishda kelib, qorni tomosha qilishadi. Bundan tashqari Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlar ham diqqatga sazovor. Malayziya ham musulmon davlatdir. O‘zbekistonda islom tarixiga oid ko‘plab yodgorliklar bor.

15-dekabrdan boshlab muntazam aviaqatnovlar soni yana ham oshiriladi. Malayziyaning Batik Air aviakompaniyasi charter reyslarini haftada ikki marotaba qo‘yishni rejalashtirmoqda”, — deydi Nor Shazly Bin Azmi janoblari.

 
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari ham Malayziyaga 30 kungacha vizasiz rejimda borishlari mumkin. Xuddi shunday vakolat Malayziya fuqarolari uchun ham joriy qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »