Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov Qozog‘istonga qo‘shni Qirg‘izistondan suv yetkazib berilishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: 24.kg

“Qanday qilib biz boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldik? Masalan, bizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Qirg‘iziston suvsiz qolsa yoki suv berishdan bosh tortsa nima bo‘ladi?” – deb so‘radi jurnalistlar vazirdan.

“Bu transchegaraviy daryolar bo‘lib, Qirg‘izistondan boshlanadi, so‘ngra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istonga o‘tadi. Tabiat o‘zi shunday qilgan. Endilikda bizda Shu va Talas daryolari o‘rtasida aniq bo‘linish mavjud. Agar Talasda 50/50 bo‘linish bo‘lsa, demak, 12 oy ichida qancha suv o‘tsa, 50 foizi Qozog‘istonga keladi. Shu daryosi bo‘ylab esa 42 foiz Qozog‘istonga, 58 foiz Qirg‘izistonga. Lekin hamma narsa har yilgi suv ta’minoti hajmiga bog”liq”, — deya javob berdi Nurjigitov.

U so‘nggi uch yil davomida yuqoridagi ikki daryoda suv oqimi kamayganini aytdi. Bu masalani tartibga solish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ekin maydonlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda.

Jurnalistlar Qozog‘iston Qirg‘iziston va O‘zbekiston janubiy viloyatlarga suv yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishi ehtimolini hisobga oladimi yoki yo‘qmi, bu borada biror chora-tadbirlar rejasi bor, yo‘qligiga aniqlik kiritdi.

“Sirdaryo havzasi hamda Shu va Talas daryolari bo‘yicha maxsus komissiyalar tashkil etilgan, shu komissiyalar doirasida chora-tadbirlar ko‘ramiz, suvni har bir davrning mavjudligiga qarab taqsimlaymiz. Shuning uchun, suv butunlay yopiladi, deyish xavfi yo‘q. Bu davlatlararo hamkorlik. Qozog‘istonning bu davlatlar bilan hamkorlik qiladigan boshqa sohalari ham ko‘p. Shuning uchun buning bir tomonlama yopilishi haqida gapira olmaymiz”, — deya xulosa qildi Nurjigitov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »