Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida unutib qoldirgan yuklar sotilishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ijtimoiy tarmoqlarda 16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida maʼlumot tarqaldi.

Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi fuqarolarni bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports Handling sho‘ba korxonalari tomonidan yo‘lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi. Barcha yo‘qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi.

“Uzbekistan Airports sizni yolg‘on maʼlumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqiradi”, — deyiladi munosabatda.

Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turgan samolyotlarni suratga olgan yigitlar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘z navbatida Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashi va yosh avlodni ushbu hobbi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirib chiqdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »