Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Urganch ko‘mir ombori mudiri M.N. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda ko‘mir yetkazib berilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 678,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo va Qo‘ng‘irot tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda esa “Ko‘mir taʼminot” MCHJning yuqoridagi shahar va tuman omborxonasi masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan jami 435,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan. 

Shu kabi, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Qiziltepa ko‘mir ombori masʼul shaxslari 156,3 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijonning Andijon, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlarida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »