Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Mudofaa vazirligining Ukrainaga qurol-yarog‘ uchun ajratayotgan puli tugamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

“Pentagon Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni davom ettirish uchun joriy budjet doirasida besh milliard dollarga yaqin mablag‘ga ega. Biroq, AQSH armiyasining o‘z zaxiralarini to‘ldirishga mo‘ljallangan boshqa fond bor-yo‘g‘i 1,1 milliard dollarga qisqartirildi, bu Pentagon mablag‘lari tugashga yaqinlashayotganini bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Yevropa davlatlari Amerikaning Kiyevni moliyalashtirish va harbiy yordam yetkazib berish hajmini almashtira olmaydi. Yevropa rasmiylari, asosiysi, Ukraina 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSH saylovlarigacha turib berishi kerakligini aytdi. Bu vaqtgacha Ukraina va Rossiya o‘rtasida jiddiy muzokaralar bo‘lishi dargumonligini taxmin qilingan.

WSJning yozishicha, G‘arb qurol ishlab chiqarishda Rossiya bilan raqobatlasha olmaydi. G‘arb rasmiylari Ukrainaga yetkazib berilgan hech qanday qurol tizimi Kiyevga “jang maydonida sezilarli ustunlikni ta’minlamaganini” aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »