Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda 64 ta suv ombori, sutkalik va o‘n kunlik tartibga solish basseynlarini qurish rejalashtirilgan. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Asqarbek Janibekovga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishiga moslashish va sug‘orish suvidan foydalanishni optimallashtirish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

“Birinchi qadamlar allaqachon tashlangan. Suv yo‘qotilishini 10 foizga kamaytirdik, berilayotgan namlik hajmini 20 foizga oshirdik, bu budjetdan ajratilgan 1 milliard som mablag‘ o‘zlashtirilgani samarasidir”, — dedi mutasaddi.

U yo‘qotishlarni kamaytirish uchun suvni tejovchi texnologiyalar — tomchilatib sug‘orish, purkash texnologiyasi ham joriy etilayotganini aytdi.

“Fermerlar tomchilatib sug‘orish uskunasini xarid qilishlari uchun 2022-yilda budjetdan 250 million somdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning sharofati bilan uning maydoni bir yilda ikki baravar ko‘paydi. Uskunalar besh yilga 6 foiz stavka bilan beriladi”, — dedi Asqarbek Janibekov.

Shuningdek, u vegetatsiya bo‘lmagan mavsumda suv manbalari, masalan, Chuy viloyatidan Chu daryosiga quyilib, keyin Qozog‘istonga borishini taʼkidladi.

“Biz suv saqlash inshootlarini: suv omborlari, kunlik va o‘n kunlik tartibga solish basseynlarini qurishni rejalashtirmoqdamiz. Ular suvni to‘plash va fermerlarga yetkazib berish imkonini beradi. Biz 64 ta obyekt loyihasini oldindan rejalashtirmoqdamiz. Ba’zilarida allaqachon ish boshlangan”, — dedi qishloq xo‘jaligi vaziri.

Shuningdek, u suv tashish vaqtida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini aytdi.

“Tashish vaqtida suvning 25-30 foizga yaqini yo‘qoladi. Agar manbadan 5,7 milliard kub metr suv olsak, taxminan 1,5 milliardni yo‘qotamiz. Hozir kanallarni mexanik tozalash va betonlash ishlarini olib bormoqdamiz. O‘tgan yili qariyb 668 kilometr tozalangan bo‘lsa, bu yil ko‘proq bo‘ladi. 2025-yil oxiriga qadar balansimizdagi barcha kanallarni mexanizatsiyalashgan holda tozalashni yakunlashimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Asqarbek Janibekov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »