Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Surxondaryoga tashrifi chog‘ida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, unda suv muammosiga to‘xtaldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot kotibining yozishicha, yig‘ilishda davlat rahbari yaqin 20 yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilayotganini ta’kidladi. Suv tejovchi texnologiyalar kengaytirilayotgani, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sug‘oriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40 yildan oshgan. Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushyapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanyapti, yana 20 ming gektarda suv taʼminoti yomonlashgan.

Shuningdek, 1 ming 700 kilometr sug‘orish tarmog‘ining yarmi tuproq o‘zanli bo‘lgani uchun 35 foiz suv yo‘qotilyapti.

Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozim”, — degan prezident.

Mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yo‘qotilishi ko‘p bo‘lgan 6 ta kanalni taʼmirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini taʼmirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident qanchalik qiyin bo‘lmasin, “To‘palang” suv omboridan Termiz shahri va 11 ta tumanga toza ichimlik suvi olib kelinayotganini ham aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 milliondan ortiq voha aholisi uchun toza ichimlik suvi orzu bo‘lib kelayotgandi., mazkur loyiha to‘liq ishga tushgach, 2 million aholida tun-u kun toza ichimlik suvi bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »