Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Vochax qishlog‘i aholisi elektr energiyasi bilan taʼminlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Aytilishicha, aprel oyida qishloq aholisi Oliy Majlis Senati aʼzosi Abdug‘ani Sanginov bilan uchrashuvda xonadonlarni elektr energiyais bilan taʼminlashni so‘rab murojaat qilgan.

“Avgust oyida Vochax qishlog‘ida elektrlashtirish ishlari boshlab yuborilgan edi.

Tog‘da ishlaydigan maxsus texnikalar va mutaxassislar yordamida 100 dona maxsus temir ustun va elektr tarmog‘i uchun 18 ming metr AS-25 sim hamda bir dona 160 kV transformator punktini o‘rnatish ishlari olib borildi.

Endilikda vochaxliklar xonadoni ham elektr toki yordamida yoritiladigan bo‘ldi”, — deyiladi senat axborotida.

Описание
Источник

Vochax qishlog‘i haqida

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Vochax qishlog‘iga 80 yildan beri “svet” yetib bormagan. Tog‘li hududidagi Vochax qishlog‘i tuman markazidan 65-70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu yerda taxminan 22 xo‘jalik (15-16 ta uylar) doimiy yashab kelmoqda.

Foto: Internet

Mazkur qishloq tog‘ning eng yuqori qismida joylashgan bo‘lib, maxsus avtomashina va mexanizmlar yurishi imkonsiz. Shu sababli qishloq aholisi tuman markaziga chiqish uchun eshak foydalanadi. Viloyatdagi To‘palang suv ombori orqali ham Vochax qishlog‘iga yetib borish mumkin. Biroq qayiqda suv kechib o‘tish va tog‘ oralab bosib o‘tiladigan masofaga 3 soat vaqt talab etiladi.

Qishloqning ayollari temir dazmoldan ichiga cho‘g‘ solib ishlatgan, bolalar esa moychiroqlardan foydalanib, dars qilib kelgan.

Vochaxda 2004-yilda maktab barpo etilgan. 2021-yilda esa bu yerga 11 dona kompyuter jamlanmasi keltirilgan. Ammo elektr energiyasi yo‘qligi sababli ushbu kompyuterlar biror marotaba ham yoqib ishlatilmagan va o‘quvchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »