Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hafta davomida dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 
 
Fransiya shimolidagi kuchli yomg‘irdan keyin Sen-Omer yaqinidagi Blendek shahrining ko‘rinishi.
 
Foto: Reuters
 
Shimol yog‘dusi, Norvegiya.
Foto: Reuters
 
 
Pol Svift Buyuk Britaniyaning Silverstoun shahrida “pikapda ikki g‘ildirakda harakatlanilgan eng katta masofa” bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Foto: Reuters
 
Yaponiyada Bajole Nuve kuni nishonlandi.
Foto: Reuters
 
Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ko‘kbor bo‘yicha mamlakat chempionatida ishtirok etayotgan qirg‘izistonlik chavandozlar.
Foto: Reuters
 
Barselonada Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Reuters
 
 
Nepalda Sigirga sig‘inish kuni deb ham ataladigan Gai Puja paytida sigirni boqayotgan ayol.
Foto: Reuters
 
 
“Garvard yahudiylari Falastin uchun” deb nomlangan talabalar guruhi tomonidan uyushtirilgan mitingda qatnashayotgan talabalar universitet zalining derazasidan o‘z tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgan namoyishchilarga qaramoqda.
Foto: Reuters
 
Kolumbiyada “Llano” xalqaro folklor va turizm festivali boshlandi.
Foto: Reuters
 
Falastinlik ayol Um Husayn G‘azo shimolidan qochib janubga qarab ketayotganda bugun tug‘ilgan nabirasini ushlab turibdi.
Foto: Reuters
 
Isroil tanklari G‘azoning markaziy anklaviga ichkariroq kirib borgani sabab G‘azo shimolidan qochayotgan falastinliklar janubga qarab harakatlanmoqda.
Foto: Reuters
 
 
Shimoli-g‘arbiy qamoqxona ta’lim dasturining birinchi yilgi talabalari uchun uyushtirilgan bitiruv marosimida bakalavr darajasini olishdan oldin yig‘lab olgan mahbus.
Foto: Reuters
 
5-maxsus hujum brigadasi shifokorlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi front chizig‘i yaqinida yaralangan 42 yoshli ukrainalik askar Mixailga yordam bermoqda.
Foto: Reuters
 
 
G‘azodagi Ash-Shifa kasalxonasida elektr quvvati uzilganidan keyin inkubatorlardan chiqarilib qo‘yilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar.
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »