Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, mamlakat qurolli kuchlari chekinishiga to‘g‘ri keladi, deb yozdi Bloomberg Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga tayanib.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezidenti, shuningdek, G‘arb o‘z e’tiborini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushga qaratgani Kiyevga artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni susaytirgani, Ukraina Qurolli kuchlari harbiy salohiyatiga putur yetkazganini tan olgan.

“Hozir bor e’tiborimni G‘arbdan yordam olishga qaratganman. Ularning diqqati Yaqin Sharqdagi vaziyat va boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lingan. Ularning yordamisiz biz chekinamiz”, — degan Zelenskiy Kiyevdagi ofisida bir guruh jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda 155 millimetrli snaryadlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda, hozirda ularni yetkazib berish sezilarli darajada kamaygan.

G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSH va Yevropa Ittifoqi Ukraina mojarosidan charchay boshlagani, Zelenskiy rejimini qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda.

NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari allaqachon Kiyev bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining ehtimoliy oqibatlarini, jumladan, kelishuvga erishish uchun Ukraina nimadan voz kechishi mumkinligini muhokama qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »