Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi tezda tugamasligini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters
“Odamlar negadir bunga kino sifatida qaraydi va voqealarda uzoq tanaffuslar bo‘lmasligini, ko‘z oldidagi manzara doimo o‘zgarib turishini, har kuni kutilmagan syurprizlar bo‘lishini kutadi. Lekin biz uchun, jangchilarimiz uchun bu kino emas. Bu bizning hayotimiz. Har kunlik qiyin ish va hammasi biz xohlagandek tez tugamaydi, lekin taslim bo‘lishga haqqimiz yo‘q va bunday qilmaymiz ham”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning bayonoti konfliktning cho‘zilishi haqidagi xabarlar kontekstida aytildi. Bunga birinchi navbatda, Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

Zelenskiyning ofisi Ukraina prezidenti va Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rtasida urushning kechishi va qarshi hujum harakatlari bo‘yicha kelishmovchiliklar borligini rad etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »