Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga qarashli maktabni o‘qqa tutishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Isroil artilleriyasi G‘azo sektorining shimoliy qismidan ko‘chirilganlar istiqomat qilayotgan Al-Burayj lageri hududidagi maktabni o‘qqa tutdi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, o’nlab kishilar yaralandi”, — deyiladi xabarda.


Ta’kidlanishicha, nishonga olingan maktabda ikki mingga yaqin odam yashab kelgan. 

Yaqin Sharqdagi konflikt 7-oktyabr kuni G‘azo sektori Isroil tomon minglab raketalarni otganidan so‘ng keskinlashdi. HAMAS ham chegaradosh aholi punktlariga hujum qilib, tinch aholini garovga oldi.

Isroil mudofaa kuchlari bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Oktyabr oyining oxirida operatsiya quruqlik bosqichiga o‘tdi. G’azo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan o‘rab olingan, sektor amalda janubiy va shimoliy qismlarga bo'lingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »