Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan Ispaniya tashqi ishlar vazirligining tashqi va global ishlar bo‘yicha davlat kotibi Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yangi, ko‘p qirrali bosqichga ko‘tarilgani va juda samarali mohiyat kasb etgani taʼkidlangan.

Ispaniya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va ularga barqaror o‘suvchanlik bag‘ishlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro munosabatlarning yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi va ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar”, — deyiladi xabarda.

Jahongir G‘aniyev 2017-yildan buyon O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi: dastlab muvaqqat ishlar vakili, 2018-yilda favqulodda va muxtor elchi, Jahon sayyohlik tashkilotidagi (UNWTO) doimiy vakil, 2020-yili o‘rindoshlik asosida Vatikandagi elchi etib tayinlangan. Shuningdek, Xalqaro zaytun kengashidagi vakil etib tasdiqlangan. Unga qadar, 2007-2012-yillarda mamlakatning Italiyadagi elchisi va bir vaqtning o‘zida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) huzurida doimiy vakil bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »