Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Abat Fayzullayev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, tantanali marosim Italiya prezidentining Rim shahridagi rasmiy qarorgohi – “Kvirinale” saroyida bo‘lib o‘tgan. Suhbat davomida Serjo Mattarella 9-11-noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yodga olgan va tashrif unda unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etgan.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida strategik muloqotni ilgari surishning yuksak ahamiyati tasdiqlangan, O‘zbekiston va Italiyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi istiqbollaridan samarali foydalanishdan ikki tomon ham manfaatdorligi taʼkidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Abat Fayzullayev oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U 2020-2023-yillarda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Vengriyadagi o‘rindoshlik asosida elchisi bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida, O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.

Abat Fayzullayev 2018-2023-yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonamizga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »