Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish maqsadida Kiyevga keldi. Bu haqda u o‘zining X’dagi (Twitter) sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Twitter

“Ukraina yetakchilari bilan uchrashish uchun Kiyevga keldim”, — deydi u. Ostinning ta’kidlashicha, tashrif davomida muhim xabarni yetkazadi, ya’ni “AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi”.

Wall Street Journal gazetasi oldinroq Pentagonning Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun mablag‘i qolmayotgani haqida yozgandi. Bunga qadar harbiy idora Ukraina hukumatiga ajratilgan mablag‘lar yana qanchaga yetishiga aniqlik kiritmagan. Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Sabrina Singh bu kabi ma’lumotlar Ukrainaga hech qanday yordam keltirmasligi va Rossiya tomonidan o‘z maqsadlarida foydalanilishi mumkinligini aytgan.

O‘z navbatida AQSH Mudofaa vazirligi Kongressni prezident Jo Baydenning Ukraina va Isroilga qo‘shimcha moliyalashtirishni ajratish borasidagi so‘rovini ma’qullashga chaqirgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatga yordam ko‘rsatish AQSH milliy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »