Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston o‘z tabiiy gazini uchinchi davlatlarga svop operatsiyalari orqali reeksport qilish sohasida Eron bilan hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga tayyor. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

 
Foto: Reuters
“Hozirda gaz sohasida Turkmaniston tabiiy gazini uchinchi davlatlarga yetkazib berish imkonini beruvchi svop sxemasi bo‘yicha qo‘shma ishlar olib borilmoqda. Turkmaniston tomoni bunday hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga tayyor”.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston 2022-yil boshidan Eron orqali Ozarbayjonga gaz yetkazib bermoqda. Ushbu sxema milliy gaz resurslaridan uzoqda joylashgan Razaviy, Shimoliy va Janubiy Xuroson, Guliston va Semnan kabi Eron viloyatlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga yordam beradi.

Iroq ham shunga o‘xshash sxemani qo‘llamoqchi, u Eron bilan yiliga 9 milliard kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »