Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Avgust oyida prezident parlament tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangan daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni oshirish ko‘zda tutilgan qonunni rad etgandi

Unda daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘urib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (amalda 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (amalda 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.

“Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQSHda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSH dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1 000 AQSH dollarigacha jarima ko‘zda tutilgan qonun prezident tomonidan rad etildi. Eʼtiroz to‘g‘ri, qonunni qayta ko‘ramiz”, — degan edi deputat Alisher Qodirov.

Yangi qonun loyihasi bilan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma’muriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlanmoqda.

Bundan tashqari, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslarning qonunga xilof ravishda kesilgan daraxt va buta o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt va buta ko‘chatlarini aynan daraxt va buta kesilgan joyga ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilanmoqda. Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesganlik yoki yo‘q qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Deputat Odiljon Tojiyevning yozishicha, endilikda daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesadigan fuqaro yoki mansabdor shaxs amalda belgilangan jarima miqdoridan o‘rtacha besh barobar ko‘p jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Shuningdek, daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham katta miqdordagi jarima undiriladi.

Ya’ni daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishga, bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning mas’uliyatini oshirishga, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »