Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyatining Urganch tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Urganch tumanidagi joylashgan “S.” MCHJning binosida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.

Xususan, fuqaro O.O. ga tegishli umumiy iste’mol quvvati 228,8 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Holat bo‘yicha elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablarini buzganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 1 milliard 60 million 205 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Bundan avval Toshkentda yashovchi fuqaro o‘z uyida qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan mayning ferma aniqlangandi. Navoiyda aniqlangan noqonuniy mayning ferma esa davlatga 24,4 milliard so‘m zarar keltirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »