Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga ballistik raketalar berishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uy vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.

Shuningdek, u Eron va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlardagi vaziyatni AQSH muntazam kuzatib borishini va kerak bo‘lsa, tegishli choralar ko‘rishini aytdi, deb yozadi Reuters.

Kirbining qayd etishicha, Eron avvalroq Rossiyaga dronlar, boshqariladigan bombalar va artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib bergan.

Foto: Reuters

“Eron Rossiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qadam tashlashga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. Biz Ukrainada foydalanishi uchun Eron Rossiyaga ballistik raketalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganidan xavotirdamiz”, — dedi u.

Kirbining aytishicha, bu yordam evaziga Rossiya Tehronga raketalar, elektronika va havo hujumidan mudofaa kabi sohalarda hamkorlikni taklif qilgan. Eron Rossiyadan milliardlab dollarlik harbiy texnika, jumladan hujumchi vertolyotlar, radarlar va jangovar trenajyorlar sotib olmoqchi.

AQSH ushbu “vaziyatni beqarorlashtiruvchi tashish” bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi terrorizmga qarshi sanksiyalardan foydalanishga tayyor edi, dedi Kirbi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »