Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va rivojlanishiga oid yangi hisobotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Malik Karimov

Mamlakatda iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston aholisiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va 2030-yilga borib butun mamlakat bo‘ylab kamida 8 million odam yuqori iqlim xavfi mavjud tumanlarda yashay boshlaydi.

Unda keltirilishicha, iqtisodiyotni 2060-yilga borib karbonsizlantirish (karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish) O‘zbekistondagi issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 75 foizini tashkil etuvchi energetika sektoriga e’tiborni qaratishni talab qiladi.

Karbonsizlantirish dasturlarini amalga oshirish va moslashtirish uchun katta miqdorda investitsiya talab etiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga iqlimning mehnat unumdorligiga, yo‘llar va ko‘priklar, chorvachilik va irrigatsiya sektoriga salbiy ta’sirini yumshatish uchun taxminan 60 milliard AQSH dollari kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, eskirayotgan energiya infratuzilmasini almashtirish va dekarbonizatsiya ishlari uchun 2060-yilgacha taxminan 340 milliard dollar talab etiladi. Ushbu investitsiyalarning katta qismi xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Oktyabr o‘rtalarida Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Marokashda o‘tkazilgan yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishga oid bitimni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »