Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlar 21-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Argentina Braziliyaga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Nikolas Otamendi tomonidan urildi.

Urugvay esa Boliviyani qabul qildi. 15-daqiqada Darvin Nunyes hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada Vilyamil o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va Urugvayning ishonchli hisobda oldinda borishini ta’minladi. 71-daqiqada Nunyes dublni rasmiylashtirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Urugvay 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.


JCH—2026 saralashi

6-tur bahslari

21-noyabr, seshanba

Braziliya – Argentina 0:1

Gol: 0:1 – 63 Otamendi.

Braziliya: Alisson, Emerson, Markinyos (Nino, 46), Gabriel (Joelinton, 72), Karlos Augusto, Bruno Gimaraes (Duglas Luis, 78), Andre, Rafinya (Endrik, 72), Rodrigo, Martinelli (Rafael Veyga, 78), Gabriel Jezus.

Argentina: Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 66), Lo Chelso (Gonsales, 70), Mak Allister, De Pol, Fernandes (Paredes, 70), Messi (Di Mariya, 78), Alvares (Martines, 78).

Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (5), Rafinya (14), Karlos Augusto (33).

Chetlatish: Joelinton (81).

Urugvay – Boliviya 3:0

Gollar: 1:0 – 15 Nunyes, 2:0 – 39 Vilyamil (avtogol), 3:0 – 71 Nunyes.

Urugvay: Rochet, Arauxo, Ximenes, Kaseres, Vinya, Bentankur (Karbalo, 86), Valverde, de la Krus (de Arraskaeta, 73), Pelistri (Torres, 77), Olivera (Kanobbio, 87), Nunyes (Suares, 73).

Boliviya: Viskarra, Kinteros (Bexarano, 65), Sagredo, Akin, Fernandes, Vilyarroel, Xustiniano (Algaranyas, 65), Vaka (Kuelyar, 90), Vilyamil, Ramalyo (Arraskayta, 86), Moreno (Reynoso, 87).

Ogohlantirishlar: Vilyamil (59), Vaka (64).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »