Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanada 2026-yilgacha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun 1,3 milliard Kanada dollaridan (869 million yevro) ortiq mablag‘ ajratish niyatida. Buni hukumat saytida eʼlon qilingan iqtisodiy hisobotga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, yuqoridagi summaning 816 million Kanada dollari (546 million yevro) 2023—2024-yillar davomida, 318 million dollar (213 million yevro) 2024—2025-yillar hamda 197 million dollar (132 million yevro) 2025-yildan 2026-yilgacha ajratiladi. Hujjatda 2026-yildan boshlab Ukrainaga harbiy yordam xarajatlari nolga teng deb belgilangan. 

Sentyabr oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanadaga tashrifi vaqtida Kanadaning CTV telekanali 2022-yil yanvaridan beri Ottava Kiyevga 9,8 milliard dollardan (6,6 milliard yevro) ortiq harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatganini maʼlum qilgandi.

Kuni kecha Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat Kiyevga 1,3 milliard yevro miqdorida yordam berishini bildirgan edi. Shuningdek, Pentagon Ukrainaga yordam uchun qayerdan pul olganini ochiqlagandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »